Jamiyat | 12:38 / 16.10.2015
3487
2 daqiqa o‘qiladi

Ferrari`ni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan shaxs Moskva markazida YTHga uchradi

Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari poytaxt shifoxonalarining birida Moskva markazida yo‘l transport hodisasini uyushtirganlikda gumon qilingan shaxsni aniqlashdi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Moskva politsiyasi matbuot xizmatining rahbari Andrey Galiakberov so‘zlariga ko‘ra, Ferrari`ni boshqarib ketayotgan 17 yoshli haydovchining haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi va avtomobil ham unga tegishli bo‘lmagani oydinlashdi.

“Yonib ketgan avtomobil egasi yuridik shaxs bo‘lib, u avtomobillar oldi-sottisi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga tegishli ekani aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, 17 yoshli Moskva fuqarosi avtomobil boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan. Qanday qilib yigitchaning tezyurar avtomobil ruliga o‘tirgani politsiya xodimlari tomonidan aniqlashtiriladi”, - dedi Galiakberov.

Avvalroq politsiya Moskva markazida yo‘l-transport hodisasini uyushtirgan Ferrari superkari haydovchisini qidirayotgani xabar qilingan edi. Superkar haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va ikki avtomobil bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng Ferrari`da yong‘in kelib chiqqan, haydovchi esa boshqa mashina yo‘lovchisi sifatida voqea joyidan qochib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish